Mourinyo norozi: Futbolchi g'alaba cho'ntagimizda, deb o'yladi
Bunaqasi murabbiyga yoqmaydi
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «RB Leyptsig»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida o‘z maydonida o‘tkazib yuborilgan goldan qoniqmaganini ma’lum qildi.
- O‘tkazgan golimiz masalasiga kelsak… bu menga yoqmaydi. Kurtua ikki marta ajoyib seyv amalga oshirdi, shu hisobiga biz g‘alaba uchun imkoniyatni saqlab qoldik. Hujumchi uchun gol urish qanday yoqimli bo‘lsa, darvozabon uchun darvozasini daxlsiz saqlash shunchalik muhim.
Bugungi gol ham, «Sevilya»ga qarshi o‘yindagi gol ham shu narsaning oqibatiki, ayrim futbolchilar o‘zini haddan tashqari erkin his qilib, g‘alaba qo‘lda, deb o‘ylab qoldi. Menga bunday munosabat yoqmaydi», – dedi Mourinyo matbuot anjumanida.
Murabbiyning bu tanqidi, katta ehtimol bilan, himoyachi Din Xöysen ga qaratilgan. Chunki raqibning goli oldidan u bir lahza vaziyatdan uzilib qolgandek tuyuldi.
«Real» hisob 3:0 bo‘lgan paytda gol o‘tkazib yubordi, ammo oradan ko‘p o‘tmay yana bir bor raqib darvozasini ishgol qildi. Natijada madridliklar uchrashuvni 4:1 hisobida o‘z foydasiga yakunladi.

Izohlar (0)