Mourino penaltilar seriyasida kimlar to‘p tepishini aytdi

  • 05.05.2022 19:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Roma” Konferentsiyalar ligasi yarim final javob uchrashuvi oldidan penaltilar seriyasiga ham alohida tayyorgarlik ko‘rdi.

Ma’lumki, rimliklar “Lester” maydonidan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytgan edi. Har ehtimolga qarshi Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabi g‘olibni aniqlash penaltilar seriyasigacha etib borsa, lotereyada qaysi futbolchilar ishtirok etishini belgilab oldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, penaltilar seriyasida Temmi Abraxm, Lorentso Pellegrini, Nikolo Dzanolo, Serjiu Oliveyra, Jordan Veretu va Brayan Kristantega ishonch bildiriladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan bugun yarim tunda, soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!