Mourinyo «Real»ning dam olish vaqti kamligidan norozi
Muhammadqodir Ruzmatov
Mourin'yu «RB Leyptsig» ustidan g'alaba el-klassiko oldidan «Real»ga katta psixologik va taktik ustunlik berganini aytdi.
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Barselona»ga qarshi bo‘lajak «El-klassiko» oldidan jamoasining tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik mutaxassis Marca nashriga bergan intervyusida «RB Leyptsig»ga qarshi o‘yinda jamoasi yaxshi harakat qilganini va bu «El-klassiko»ga tayyorgarlikda qo‘l kelishi mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, u «Real» Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqishni deyarli kafolatlaganini qayd etdi.
«Meni faqat bir jihat qoniqtirmayapti: bunday muhim uchrashuv oldidan «Real»ning dam olish uchun vaqti «Barselona»nikidan 24 soatga kam», — dedi Mourinyo.

Izohlar (0)