Mourin'yo “Real”ga tayinlansa, “Barsa”da porlagan yulduzni olib keladi

  • 16.05.2026 13:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yevropa ommaviy axborot vositalari “Real”  rahbariyati bosh murabbiy Alvaro Arbeloa o‘rniga tajribali mutaxassis Joze Mourin’oni olib kelishi haqida ma’lumotlar chop etmoqda.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, “Benfika” bilan xayrlashib, Madridga borishi kutilayotgan Joze Mourin’o yangi jamoasiga “Barselona”da o‘ynayotgan Markus Reşfordni olib kelish istagini bildirdi.

Bu haqida Football365 nashri The Independent jurnalisti Migel Delaniga tayanib xabar berdi.

Markus Reşford aslida “Manchester Yunayted”ga tegishli va joriy mavsumda “Barselona”da ijarada asosida o‘ynayapti. Kataloniyaliklar hali tajribali o‘yinchini to‘liq transfer qilish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

- Mourin’o Reşford bilan yaxshi munosabatlarga ega, shuning uchun u bu ishni mamnuniyat bilan amalga oshirgan bo‘lardi, degan hissiyot bor. Birinchidan, o‘zi yaxshi taniydigan kuchli futbolchini qo‘lga kiritish muhim.  Ikkinchidan, hozirning o‘zidayoq “Barselona” uchun muammo yaratish imkoniyati tug‘ildi, - deb yozdi Migel Delani.

Mourin’o Markus Reşford bilan “Manchester Yunayted”da 2016 yildan 2018 yilgacha birga ishlagan va bir birining imkoniyatlarini juda yaxshi  biladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!