Mourino "Roma"da Edin Jekoning o‘rnini egallaydigan hujumchi topdi

  • 15 may, 2021, 16:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl” hujumchisi Allan Sent-Maksimen faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football-Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli frantsiyalik futbolchiga shaxsan “Roma”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino jiddiy qiziqib qolgan va uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, Sent-Maksimen “Roma”da yoshi o‘tib qolgan Edin Jekoning o‘rnini egallashi mumkin.

Allan joriy mavsum “Nyukasl” safida jami 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

 Sent-Maksimenning “qarg‘alar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!