Mourino Saudiya Arabistoni klubi bilan muzokara olib bormoqda

  • 24 may, 2024, 14:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Joze Mourino Saudiya Arabistoni chempionatida ish boshlashi mumkin. Bu haqda "Talksport" portali xabar bermoqda.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis "Al-Kadisiya" klubi rahbarlari bilan muzokara olib borgan. 61 yoshli mutaxassisning oxirgi ish joyi Italiyaning "Roma" jamoasi edi.

Avvalroq matbuotda Mourinoning xizmatlariga Turkiya chempionatining ikki vakillari - "Beshiktosh" va "Fenerbaxche" jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!