Mourino “shpionlar”dan xavotirda
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning taktik mashg‘ulotlarini o‘zgartirgani ma’lum bo‘ldi.
Corriere dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis navbatdagi raqib – “Torino” mashg‘ulotlarni kuzatishga o‘z mutaxassislarini yashirinchi yuborishi mumkinligidan xavotirga tushgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Torino”ning raqiblar haqida ma’lumot to‘plashga mas’ul mutaxassisi Mikele Orekko “Roma”ning mashg‘ulotiga “bosh suqishi” mumkinligi aytilmoqda.
Mourino mashg‘ulot tartibini o‘zgartirish barobarida, o‘z xodimlaridan birini maydon atrofida odam yashirinishi mumkin bo‘lgan joylarni aniqlashga yuborgan. Lekin Joze bu bilan ham xotirjam bo‘lgani yo‘q.
Fikrlar