Asosiy mazmunga oʻtish

Mourin'yo Vinisiusni ogohlantirdi: Daxlsiz oʻyinchi yoʻq

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hech kimning o‘rni kafolatlanmagan

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa hujumchisi Vinisius Juniornig holati haqida fikr bildirdi. 

Portugaliyalik mutaxassisdan Vinisius asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishi mumkinligi haqida savol so‘raldi.

«Futbolchi uchun «dahlsiz» degan tushuncha yo‘q. Umuman olganda, menga bunday qarash yoqmaydi. Maydondagi o‘yini bilangina futbolchi shartli ravishda dahlsiz bo‘lishi mumkin xolos», – dedi Joze Mourinyo matbuot anjumanida.

«Real» chorshanba kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z maydonida «RB Leyptsig»ni qabul qiladi. Bellashuv 22 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q