
Mourino yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Angliya Premer-ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" uchrashuvi mehmonlarning 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "shporlar" ustozi Joze Mourino o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Menda Sulsherga nisbatan simpatiya bor. Hech qachon 6 ta gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchramaganman. 5 ta, 4 ta gol o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan paytlarim bo‘lgan. Biznikilar qanday ishni amalga oshirgani va bu Olega qanday ta’sir qilganini tushunaman.
Murabbiylar o‘zaro to‘qnashuv paytida o‘zaro simpatiyani yig‘ishtirib qo‘yishi muhim jihat. Men 7-golni urishimizni ham xohladim", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar