Mourinoga og‘ir jazo tayinlandi

  • 28 fevral, 10:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya futbol federatsiyasi “Fenerbahche”ni boshqarayotgan mashhur murabbiy Joze Mourino qilmishi bo‘yicha o‘z qarorini chiqardi.

Unga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Shundan ikkita o‘yinni “Galatasaroy” klubiga nisbatan irqchilik munosabatida bo‘lgani uchun va yana bir juft bellashuvni o‘zaro uchrashuvdagi to‘rtinchi hakam Slavko Vinchichni haqorat qilgani tufayli o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya chempionatining 25-turida “Fenerbahche” va “Galatasaroy” o‘zaro kuch sinashgan va uchrashuvda hisob ochilmagan edi. Joze Mourino raqib jamoaning zaxiradagi o‘yinchilari va murabbiylari “maymundek sakradi”, degan jumlagni ishlatgan.

“Galatasaroy” mutasaddilari buni irqchilik sifatida baholab, Joze Mourino ustidan FIFA va UEFAga shokayat arizasini berishga qaror qilgandi.

62 yoshli portugaliyalik murabbiyning o‘zi irqchilik qilganini inkor etmoqda. “Fenerbahche” rahbariyati esa “Galatasaroy” Mourinoning gaplarini noto‘g‘ri talqin qilayotgani bois sudga murojaat qilishini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!