Mourinoning masalasi hal bo‘ldi

  • 6 iyun, 2023, 21:02
  • 0
  • Futbol

“Roma” rahbariyati ikkinchi urinishda ham jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqolmagan Joze Mourino bilan xayrlashmaslikka qaror qildi.

Bu galgi chempionatda ham portugaliyalik mutaxassis shogirdlari oltinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi. Bundan tashqari, “Roma” Evropa ligasi finalida Ispaniyaning “Sevilya” jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchradi.

Sky Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan. Yozda tarkib sezilarli darajada kuchaytiriladi. Mourino qaysi pozitsiyalarga yangi ijrochilar kerakligi haqidagi qarashlarini rahbariyatga etkazgani aytilmoqda.

Aslida Mourinoning amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etishi kerak. Uning oldiga qo‘yilgan vazifa o‘zgarmaydi.

Tajribali murabbiy jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqishga uchinchi marotaba urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!