Mourinoning "qora ro‘yxati"dagi futbolchi Italiyaga ketadi
"Latsio" klubi "Tottenxem"ning chap qanot himoyachisi Denni Rouzni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadigan rimliklar o‘z tarkiblarini sezilarli tarzda kuchaytirmoqchi. 30 yoshli angliyalik futbolchi ham bosh murabbiy Joze Mourino bilan kelisha olmayotgani sabab jamoadan ketishi kutilmoqda.
Rouz joriy mavsumning ikkinchi yarmini “Nyukasl”da ijarada o‘tkazmoqda. Uning transfer narxi esa 16 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar