Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

Movsar Evloev: "Aleksandr Volkanovski bilan "stoyka"da jang qilishga ham tayyorman"

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Rossiya vakili oʻziga qattiq ishonmoqda

Rossiyalik MMA ustasi Movsar Evloev zarba berish mahoratini Aleksandr Volkanovskiga qarshi sinab ko‘rishga tayyor, shuningdek, u amaldagi chempionni istalgan paytda parterga o‘tkaza olishini aytmoqda.

"Bu lagerda hamma mahorat ustida ishladik. Kurashda ham, "Stoyka"da ham bellashishga tayyormiz. 

Bahsni iloji boricha muddatidan oldin yakunlashni istayman. Boisi Aleksandrni finish qilish uchun yetarlicha kuchga egaman. Hozir faoliyatimning cho‘qqisida turibman va titul imkoniyatini to‘g‘ri vaqtda qo‘lga kiritganimdan xursandman", - dedi rossiyalik Brett Okamotoga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Evloev va Volkanovski to‘qnashuvi 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida o‘tkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q