Movsar Evloev Aleksandr Volkanovskini yengolmaydi, agar...

  • 07.10.2026 20:18
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amerikalik UFC jangchisi Aaron Piko yarim engil vaznda amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski va rossiyalik Movsar Evloev oʻrtasidagi bahs haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

"Movsar uchun muammo faqat teykdaun amalga oshirishda emas, balki Volkanovskini parterda ushlab turishda. Aleksandr juda harakatchan: u doim tikka holatga qaytishga, masofani uzishga va Evloevning har bir qadamini oldindan his qilishga urinadi. "Stoyka"da esa avstraliyalik ancha ustun. Shuning uchun menimcha, Movsarga gʻalaba qozonish uchun omadli zarba, qattiq nokaut yoki kutilmagan usul kerak boʻladi", — deya taʼkidladi Piko You Tube dagi "Full Mount MMA" kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Volkanovski va Evloev toʻqnashuvi 24 oktyabr kuni "UFC 333" turnirida oʻtkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!