
Moyes "Vest Xem"ni Chempionlar ligasiga olib chiqmoqchi
Londonning “Vest Xem” klubi bosh murabbiyi Devid Moyes jamoasining joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.
“Vest Xem” premer-ligadagi top-klublarga qarshi kurashmoqchi. So‘nggi paytlarda biz grandlar bilan yaxshi o‘ynayapmiz. Bir yarim yil oldin esa jamoa elita jon saqlab qolish uchun kurashgan. Biz faqat oldinga intilish niyatidamiz. Maqsadimiz - Chempionlar ligasiga chiqish”, - dedi Moyes.
“Bolg‘achilar” joriy mavsum UEFA Evropa ligasida ishtirok etishmoqda. Ular musobaqa guruh bosqichining dastlabki turida safarda “Dinamo” Zagreb”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.
APLda esa ortda qolgan 4 ta turdan so‘ng 8 ochko bilan 8-o‘rinda borishmoqda.
Fikrlar