
Muhammad Qudus faoliyatini super klubda davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi "Ayaks" yarim himoyachisi Muhammad Qudusga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi 90Min.
Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz klubi joriy yozgi transfer oynasida Gana terma jamoasi a’zosini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Futbolchiga shuningdek, "Real", "Barselona", "Bavariya", PSJ, "Inter", "Milan" hamda bir qancha APL klublari qiziqish bildirmoqda.
22 yoshli Qudus joriy mavsum “Ayaks” safida barcha turnirlarda jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar