Muhammad Saloh bir maydonda 100 ta gol urdi
Angliya Premer-ligasining 35-turida “Brentford” darvozasini ishg‘ol qilgan Muhammad Salohning yagona goli misrlik hujumchi uchun juda katta ahamiyat kasb etdi.
Bu gol orqali Saloh “Enfild”da ketma-ket to‘qqizta to‘p kiritgan yagona futbolchiga aylangani haqida xabar bergan edik.
Statistika mutaxassislar yana ikkita natijaga e’tibor qaratishdi. Kiritilgan to‘p Saloh uchun “Liverpul” tarkibidagi 186-gol bo‘ldi va 2017 yildan beri shu jamoada o‘ynayotgan hujumchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Stiven Jerardga etib oldi.
Shu tariqa, Muhammad Saloh klub tarixida eng kuchli besh to‘purar qatoriga qo‘shildi.
Bundan tashqari, “Brendford” darvozasidan joy olgan to‘p Muhammad Salohning “Enfild”da jamoa muxlislari ko‘z o‘ngina urgan 100-goli sifatida qayd etildi.
Fikrlar