Muҳammad Saloҳ faoliyatida birinchi marta ketma-ket 10 ta APL o‘yiniда gol ura olmadi
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloҳ Angliya Premier-ligasining 28-turidan o‘rin olgan "Vest Xem Yunayted"ga qarshi bahsda (5:2) ishtirok etdi, ammo gol ura olmadi. Shu tariqa, futbolchi APLda ketma-ket 10 ta o‘yinda gol ura olmadi.
Qayd etish joiz, ushbu statistika faqatgina misrlik futbolchi maydonga tushgan Angliya chempionati uchrashuvlari kiritilgan. U zahirada qolgan o‘yinlar, shuningdek, Afrika Kubogidagi ishtiroki tufayli o‘tkazib yuborilgan o‘yinlar hisobga olinmaydi. Saloҳ oxirgi marta 2025 yilning noyabrida "Aston Villa"da (2:0) APLda gol urgandi.
Joriy mavsumda Saloҳ klub safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. "Liverpul" APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar