
Muhammad Saloh muxlislarni qo‘rqitib qo‘ydi
“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh kelajagi haqida fikr bildirdi. Misrlik hujumchining so‘zlari jamoa muxlislarini xavotirga solib qo‘ydi.
- “Mavsum boshlanmay turib, shartnomam bo‘yicha bir yilim qoldi, keling, bitim haqida o‘ylamay, uni maroq bilan o‘tkazay”, deb aytganman. Men kelasi yil yoki kelajagim haqida o‘ylashni istamayman. Shartnomamning oxirgi yilini maroqli o‘tkazmoqchiman, keyin nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.
Asosiysi, hozirgi kun bilan yashab, shu erda ekanimga shukr qilishdir, - dedi Muhammad Saloh.
Muhammad Salohni anchadan beri Saudiya Arabistoni klublari o‘z safiga chorlab keladi. Mohir to‘purarning liverpulliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi.
Fikrlar