Muhammad Saloh o‘rniga “Real” yulduzini olamiz!

  • 27 yanvar, 07:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati Muhammad Salohni o‘zaro hamkorlikni uzaytirishga ko‘ndira olmaganidan keyin har ehtimolga qarshi uning o‘rniga yuqori saviyali hujumkor futbolchi olib kelish bo‘yicha ish boshladi.

Tecno

Mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan misrlik futbolchi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkinligi aytilmoqda.

El Gol Digital nashrining yozishicha, “Liverpul” mutasaddilari Saloh klubni tark etgan taqdirda uning o‘rniga “Real” hujumchisi Rodrigo Goesni olib kelishga qaror qilgan.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati liverpulliklarning braziliyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotganidan xabardor.

Ekspertlar agar “Liverpul” mutasaddilari “Real”ni qoniqtiradigan summa taklif etadigan bo‘lsa, madridliklar transferga qarshilik qilmasligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, da’vogar klub Rodrigoning o‘zidan ham rozilik olishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!