Muhammad Saloh o‘zini eng zo‘r futbolchi deb e’lon qildi
“Liverpul”ning Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shgan Muhammad Saloh o‘zining darajasini juda yuqori baholadi.
Misrlik to‘purar Afrikadan etishib chiqqan barcha zamonlardagi eng zo‘r o‘yinchilari reytingida o‘zini birinchi o‘ringa loyiq ekanini ta’kidladi.
Saloh o‘zini yaqin o‘tmish yulduzlari – Dide Drogba, Jorj Vea, Yaya Ture, Samyuel Eto’O kabi yorqin iste’dodlardan ham ustun qo‘ydi.
- Men o‘zimni barcha zamonlarning eng zo‘r afrikalik futbolchisi deb hisoblayman, - dedi Muhammad Saloh.
32 yoshli futbolchi faoliyatining eng yorqin damlarini “Liverpul”da o‘tkazmoqda. Saloh bu jamoaga qo‘shilganidan beri jami 401 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 245 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 113ta golli pas uzatgan.
Fikrlar