Muhammad Saloh takrorlanmas rekord o‘rnatdi
Misrlik forvard Muhammad Saloh “Liverpul”ning Evropa ligasi nimchorak finali doirasida “Sparta” bilan bo‘lgan bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi.
31 yoshli forvard joriy mavsumda urgan gollari sonini yigirmataga etkazib oldi. Shu tariqa, Muhammad Saloh “Liverpul” tarixida ketma-ket etti mavsumdan beri 20 ta va undan ortiq gol urayotgan birinchi futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi. Bu haqda statistikaga ixtisoslashgan Squawka nashri xabar berdi.
Bundan tashqari misrlik forvard Angliya kubogi chorak finali doirasida “Manchester Yunayted” darvozasini ham ishg‘ol qildi.
Muhammad Salohning etti yillik statistikasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
2023/2024 yilgi mavsum (hali davom etmoqda) — 21 ta gol;
2022/2023 yilgi mavsum: 30 ta gol;
2021/2022 yilgi mavsum: 31 ta gol;
2020/2021 yilgi mavsum: 31 ta gol;
2019/2020 yilgi mavsum: 23 ta gol;
2018/2019 yilgi mavsum: 27 ta gol;
2017/2018 yilgi mavsum: 44 ta gol.

Fikrlar