Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Muҳammad Saloҳ yana bir rekord qayd etdi

Улуғбек Хошимов
Izohlar: 0

Muҳammad Saloҳ mersisaydliklar safiga 2017 yilning yozida "Roma" klubidan kelib qoʻshilgan edi.

"Liverpul" vingeri Muḥammad Saloḥ klub tarixida APLda eng koʻp assist qayd etgan futbolchiga aylanmoqda.

Gap shundaki misrlik hujumchi Muḥammad Saloḥ Angliya Premier-ligasida "qizillar" safida assist amalga oshirish boʻyicha klub rekordini takrorladi. APLning 26-turidan oʻrin olgan "Sanderland"ga qarshi bahsda Saloḥ Virjil van Deykning goliga assistentlik qildi. Bu 33 yoshli futbolchining "Liverpul" safidagi Premier-liga doirasidagi 92-golli uzatmasiga aylandi va klub afsonasi Stiven Jerrardning rekordiga tenglashib oldi. Muḥammad Saloḥ mersisaydliklar safiga 2017 yilning yozida "Roma" klubidan kelib qoʻshilgan edi. 

Maʼlumot uchun, misrlik forvard Angliya Premier-ligasida umumiy 306ta uchrashuv oʻtkazgan va 188ta golni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q