
Muhammad Salohni oladigan jamoa topildi!
Saudiya Arabistoni klublari “Liverpul”ning eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh kelasi yozda baribir ushbu mamlakat professional ligasiga kelishiga ishonmoqda.
The Telegraph nashrining yozishicha, 32 yoshli misrlik yulduzni qo‘lga kiritishda “Al-Hilol” jamoasining imkoniyati yuqori baholamoqda.
Shunga qaramay, Muhammad Saloh 15 iyunda boshlanadigan yangi formatdagi jahon chempionati o‘tib bo‘lmaguncha, hech qaysi klub bilan shartnoma imzolamaydi va “Liverpul” o‘yinchisi sifatida nufuzli turnirda qatnashadi.
Boshqa tarafdan Muhammad Saloh hamon “Liverpul” bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotgani aytilmoqda.
Joriy mavsumda Saloh barcha turnirlarda 43 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 32 ta gol va 22 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyungacha davom etadi.
Fikrlar