Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Muhim bahslar oldidan "Barselona"da yana bir yo‘qotish

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Jamoa yarim himoyachisi jarohat oldi

"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Pablo Torre jarohat oldi. Bu haqda Kataloniya jamoasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli yarim himoyachi chap tizzasida noqulaylik his qilmoqda. Shu bilan birga, futbolchining tiklanish muddati hozircha noma’lumligi ta’kidlanmoqda.

Joriy mavsumda Torre barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q