Muhsin Muhammadiev: "Paxtakor"ga qarshi bahsda yaxshi himoyalangandik

  • 15 mart, 2020, 19:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 3-turida "Lokomotiv" o‘z uyida "Buxoro" klubini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin, buxoroliklar ustozi Muhsin Muhammadiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘limda muvaffaqiyatsiz o‘ynadik. Nima uchun ekanligi menga topishmoq bo‘lib qolmoqda.

Penaltidan keyin, o‘yin sindi.

Ikkinchi bo‘limda yigitlar harakat qilishdi, ko‘plab imkoniyatlar yaratishdi, ammo o‘xshamadi. Bu futbol, shunaqasi ham bo‘lib turadi.

Biz uchtalab gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak. Uchinchi bor keragi bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ydik. Gol urishni uddasidan chiqa olmayapmizu, lekin ko‘p gol qo‘yib yuborayapmiz. Mana bu muammoimiz bo‘lib qolmoqda. G‘alaba qozonish uchun gol urish kerak.

"Paxtakor"ga qarshi o‘yinda yaxshi himoyalangandik, u erda qoida buzildi va gol bo‘ldi. Ketidan penalti ham keldi. Bizda psixologik nimadur noto‘g‘ri.

Oxirigacha kurashamiz, bu futbol, shunaqasi ham bo‘lib turadi," - dedi Muhsin Muhammadiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!