Mundial bonuslari: futbolchining hozirgi va sobiq klublari qancha ulush oladi?
FIFA har bir futbolchi uchun uning klubiga kuniga taxminan 11 ming dollar miqdorida kompensatsiya toʻlaydi.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.
Mundialda ishtirok etadigan futbolchilar uchun ularning klublariga FIFA tomonidan kompensatsiya mablag‘i to‘lanadi. Futbol eksperti Alisher Nikimbaevning ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘ futbolchining so‘nggi ikki yil ichida to‘p surgan klublari o‘rtasida taqsimlanadi.
Masalan, agar futbolchi 2024 yildan 2026 yilning qishigacha A klubida o‘ynab, keyin B klubiga o‘tgan bo‘lsa, kompensatsiya mablag‘ining 75 foizi A klubga, 25 foizi esa B klubga beriladi.
Buning yorqin misoli sifatida Abduqodir Husanovni keltirish mumkin. Himoyachi 2026 yil qishida "Lans"dan "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan. Shu bois, Jahon chempionati uchun ajratiladigan mablag‘ning 75 foizi "Manchester Siti"ga, 25 foizi esa "Lans"ga tegadi.
Ma’lumot uchun, FIFA har bir futbolchi uchun uning klubiga kuniga taxminan 11 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘laydi.

Izohlar (0)