Murabbiy Kapadze davrida O‘zbekiston terma jamoasi qanday statistika qayd etdi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasiga olib chiqqan murabbiy Temur Kapadze endi terma jamoada faoliyatini yakunladi.
O‘FA Kapadzening o‘z istagiga ko‘ra jamoani tark etganini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassisga boshqa takliflar ham kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, tajribali va mundiallarda ishtirok etgan italiyalik Fabio Kannavaro yaqinda Kapadzening o‘rnini egalladi. O‘zbekistonlik murabbiy esa Kannavaroning yordamchisi sifatida ma’lum muddat faoliyat yuritdi.
Kapadze joriy yilning 22 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U 256 kun davomida jamoani boshqardi. Bu vaqt mobaynida “oq bo‘rilar” 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etdi, mag‘lubiyatga uchramadi.
Ishlagan muddati: 256 kun
O‘yinlar soni: 8 ta
G‘alabalar: 5 ta
Duranglar: 3 ta
Mag‘lubiyatlar: 0 ta
To‘plar nisbati: 13:5
O‘yin boshiga o‘rtacha ochko: 2,25
Umumiy to‘plangan ochkosi: 18 ochko (8 o‘yindan)
O‘rtacha urilgan gollar: 1,63 ta
O‘rtacha o‘tkazilgan gollar: 0,63 ta
Umumiy 35 ta futbolchining xizmatidan foydalangan.
Ma’lumki, Kapadze avval ham terma jamoani vaqtinchalik boshqargan edi. Yuqoridagi statistika esa uning rasmiy tayinlovidan keyingi davrga tegishli.
Fikrlar