
Murabbiylarni tayyorlash markazida OFKning "A" litsenziyasi bo‘yicha kursga start berildi
Mazkur kurs jarayonini FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev boshqarib bormoqda. Instruktor assistenti sifatida Baxtiyor Dadamatov faoliyat olib boryapti. Koordinator vazifasini esa Jasur Saidov bajarmoqda.
24 nafar murabbiylar ishtirok etayotgan mazkur o‘quv kursida tinglovchilarga nazariy hamda amaliy ko‘nikmalar berib borilishi ko‘zda tutilgan. Bu xususida O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
E’tiborlisi, ushbu o‘quv kursida "Lokomotiv" klubi hujumchisi Marat Bikmaev ham bor. Aftidan, u o‘zini hozirdan murabbiylikka tayyorlayotganga o‘xshaydi.
Fikrlar