
"Muradov Professional League". Shohasan Mirzamatov va Tiago Olivera o‘rtasidagi jang muddatidan oldin yakunlandi
Andijonda katta MMA oqshomi bo‘lib o‘tdi. "Muradov Professional League" promousheni o‘zining ikkinchi turnirini o‘tkazdi.
21:50 Kechaning asosiy jangi yakuniga etdi. Unda taniqli o‘zbek jangchilaridan biri Shohasan Mirzamatov braziliyalik Tiago Oliveyraga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Bahsning 3-raundiga kelganda Mirzamatov raqibga ketma-ket kuchli zarbalar berdi va jang hakam tomonidan to‘xtatildi. Shu tariqa Shohasan Mirzamatov promoushendagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
21:25 Ikkinchi asosiy jangi yakuniga etdi. Jahongir Najmiddinov va Javohir Mirzajonov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Co-Main" bahsda Jahongir Najmiddinov raqibidan ustun ekanini isbotlagan holda 1-raundda uchburchak usulidagi bo‘g‘ish uslubi bilan muvaffaqiyat qozondi.
21:09 Ikki nafar o‘zbekistonlik MMAchilar Boburjon Hamidov va Mo‘minjon Mamajonov to‘qnashuvi to‘liq davom etdi. 3 raund yakuni bo‘yicha hakamlar ochkolar hisobida Mo‘minjon Mamajonovni g‘olib deb topdilar.
20:36 Navbatdagi bahsda o‘zbek jangchisi Muhiddin Mamajonov Qozog‘iston vakili Rustam Sovetga qarshi jang o‘tkazdi. Unda ilk soniyadanoq Mamajonov raqibini kuchli zarba orqali og‘ir ahvolga solib qo‘ydi va muddatidan oldin zafar quchdi.
20:26 Asosiy kard janglariga start berildi. Kardning ilk to‘qnashuvida Suhrob Murodov va Qodirxon G‘aniev kuch sinashdi. Jangda tezkor nokaut qayd etildi. Unda andijonlik Qodirxon G‘aniev g‘alaba qozondi.
20:04 Hamyurtimiz Holmurod Nurmatov Qozog‘iston vakili Talg‘ar Januzakov jangi muddatidan oldin yakuniga etdi. Unda Nurmatov raqibini 2-raundda bog‘ish uslubida taslim etdi.
19:44 Navbatdagi juftlikda ikki o‘zbek jangchilari Valisher Raxmatov va Xurshid Fattoev bahs olib bordi. Jangda tashabbus goh u, goh bu tomonga almashib turdi. 2-raundda raqibning passiv himoyaga turib qolganidan foydalangan Xurshid Fattoev tinimsiz zarbalar yo‘llab texnik nakout evaziga g‘alaba qozondi.
19:18 Humoyun To‘xtamurodov qozoq jangchisi Nurgali Mambetalievga qarshi oktagonga ko‘tarildi. To‘liq 3 raund davomida jangni o‘z nazoratida ushlagan hamyurtimiz yakunda ochkolar hisobida zafar quchdi.
18:49 Obidjon Sobirov va Ilyos Karimov jangi yakunlandi. Mazkur qarama-qarshilik ham uzor davom etmadi. Raqibidan har jabhada ustun kelgan Obidjon Sobirov birinchi raundda bo‘g‘ish uslubida g‘alabaga erishdi.
18:37 Amirxon Alixo‘jaev va Ahror Abdug‘aniev jangi yakuniga etdi. Unda Aliho‘jaev birinchi raundda og‘ritish uslubida g‘alabaga erishdi.
18:18 Shahzod Arslonov va Shoxruh Jumaboev o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga etdi. 3 raund to‘liq davom etgan jangda Jumaboev ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar