
Murod Rizaev: Abramovning eng asosiy xatosi – ettinchi qit’ani kashf qilgani
Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng o‘yinga oid turli fikrlar yangramoqda. “Sport” telekanali sharhlovchisi Murod Rizaev ham SPORTS.uz saytiga Vadim Abramov qaerda xatoga yo‘l qo‘ygani borasida gapirib o‘tdi.
- Vadim Abramov yaxshi murabbiy. Hozir hamma unga tosh otishni boshladi. Tarkibni ham yomon tanlamadi. Faqat O‘zbekiston milliy terma jamoasining bo‘sh tomoniga e’tibor qaratmadi. Ya’ni himoya chizig‘iga to‘g‘ri tanlov bo‘lmadi. Misol uchun, Farrux Sayfievni zaxirada ushlab turish uchun bo‘lsa ham olish kerak edi. Shuningdek, Anzur Ismoilovni ham. Chunki o‘yinning borishiga qarab o‘zgartirishi mumkin edi. Eng asosiy xatosi – ettinchi qit’ani kashf qilgani, hamma futbolchilarni o‘z pozitsiyasida o‘ynatmagani. Bir marta Odil Ahmedov sal yaxshi harakat qilgan bo‘lsa, yana nimadir o‘ylab topish shart emasdi.
Ahmedov Saudiyaga qarshi bahsda hujumchi ortida yaxshi o‘ynardi. Xavfli vaziyatlardan samara chiqarardi. Masharipov o‘z qanotiga o‘rgangan. Barcha o‘z chizig‘ida suvdagi baliqdek his qiladi. Terma jamoada 9 yildan beri o‘ynamayotgan Vagiz Galiulin o‘ng tomonga qo‘yilishi juda katta xato edi. Doston Hamdamov bor... Yoki Farrux Ikromov. Ikromovni ko‘zi yonib turgandi. Shu bolada tavakkal qilsa bo‘lardi. Shunda murabbiy tavakkal qildi, deb o‘ylardik. Odil Ahmedovni o‘rtaga qo‘yib, o‘rniga Islom Qobilovni, Odil Hamrobekov o‘rniga Ikrom Aliboevni tushirish kerak edi.
Agar barcha futbolchilar o‘z chiziqlarida harakat qilganida, nima bo‘lgan taqdirda ham hozir ko‘pchilik Abramovni emas o‘yinchilarni ayblardi. Meni xafa qilgan tomoni, futbolchilarning ham ko‘ngli to‘lmadi. Nega meni bu erga qo‘yding, deb Masharipov xafa, nega ortga qaytarding, deb Ahmedov xafa... futbolchilar o‘z pozitsiyalarida o‘ynaganida aytardik, eng yaxshi tarkibni olib keldi, lekin raqibga kuchi etmadi, deb. Barchasi o‘z o‘rnida bo‘lganida fikrimcha, biz keyingi bosqichga chiqardik. Balki Abramov qahramonga aylanishi mumkin edi.
Eksperimentlarni Yaman bilan uchrashuvda qilish kerak edi, Masharipovni tushirmasdan. Chunki Yaman oxirgi o‘rinni olganidan keyin mag‘lubiyatga uchragan taqdirimizda ham bu bellashuv hech narsa bermasdi (oxirgi o‘rindagi jamoaga qarshi uchrashuvlardagi natijalar bekor qilinishi nazarda tutildi). Kuchli jamoaga qarshi bahsda bir narsalar qildi, tushunmay qoldim. Yaman bilan o‘yindan so‘ng ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi, futbolchilarimizning o‘yini qovushmadi. O‘yini qovushmay turganda yana futbolchilarni boshqa joylarda sinab ko‘rib, boshiga balo qildi. Mana endi yaxshi murabbiy yomonga aylandi. Hamma uni erga uradi, - dedi Murod Rizaev.
Fikrlar
- Мен бу мавзу бўйича ЎФА раҳбарияти билан хеч качон гаплашмаганман ва уларнинг ичидан нима ўтаётганини билмайман. Буни аввал журналистлар ва мухлислар ўртасида овозга қўйиш керак. Ўйлайманки, ҳозирги вазиятдан келиб чиқиб УЕФАга қайтса бўлади. Чунки бундай имконият бошқа бўлмаслиги мумкин. Биз ё пайтдан фойдаланиб ўзимиз бўлган олдинги ташкилотга қайтамиз ёки бутунлай шу ерда қоламиз. ОФК футболимиз ривожи учун ҳеч нарса қилмаган. Ҳаммасига ўзимиз собик Иттифоқ пайтида олинган тажриба туфайли эришдик. Катта денгизда сузишни хоҳласанг, денгиз ёнига бориш керак. Ўз ўзидан денгиз сенинг олдингга келмайди.
Doyim shunaqa, doyim shunaqa!!!
Xalqqa yetkazilgan moddiy va manaviy zararni abramov tolab beradimi?shuncha mablag sarflansa, shuncha asab yeyilsa kimdir javob bersin