
Murodjon Ahmadaliev kamarlarni boy berganidan so‘ng IBF reytingida nechanchi o‘ringa tushdi?
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi.
Super engil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4-o‘rindan bir pog‘ona yuqoriladi va 3-o‘ringa joylashtirildi.
Yarim engil vazn toifasida (57,2 kg) Otabek Xolmatov o‘tgan oydagi kabi 7-o‘rinda qayt etilgan.
Birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) jahon chempionlik kamarini Marlon Tapalesga boy bergan Murodjon Ahmadaliev reytingning 6-pog‘onasidan joy oldi.
Fikrlar