Murodjon Yoʻldoshev Jahon chempionatidagi yurishini boshlamoqda

  • 07.10.2026 13:50
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatining toʻrtinchi kuni.

Kun davomida erkaklar oʻrtasida -81 kg, ayollarda esa -63 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Bugungi dasturda terma jamoamizning tajribali dzyudochisi Murodjon Yoʻldoshevga muxlislik qilamiz. 

Qur’a natijasiga koʻra, hamyurtimiz oʻz ishtirokini toʻgʻridan toʻgʻri ikkinchi bosqichdan boshlaydi. Yoʻldoshevning raqibi gonkonglik Kvok Ving Li hamda koreyalik Jae Yun Sim oʻrtasidagi bellashuvda aniqlanadi. Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!