Muxlis minbari: Professional boksning og‘ir vazn toifasidagi vaziyat qanday?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugundan boshlab, saytimizda o‘quvchilarimiz uchun "muxlislar minbari" sahifasini tashkil etdik. Butun jahon va O‘zbekiston sport olamida bo‘layotgan voqeyliklarga bo‘lgan munosabatingiz, fikr va mulohazalaringizni bildirish imkoniyatiga egasiz. Siz yuborgan materiallar xech qanday o‘zgarishsiz taqdim etiladi.

G‘ayrat Rahimov (Andijon, Asaka) – Uz avto motors xodimi

Yakkakurash sport turlari orasida boksni birinchi raqamli desam aslo mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, super og‘ir vazn toifasidagi janglar shubhasiz barchaning nigohida... Chunki bu vazn ishtirokchilari jussa tomonidan eng mukammal sportchilardir. Qolaversa, bu vazndan etishib chiqqan shunday afsonalar bor-ki, aynan o‘shalar boksni jozibadorligini butun dunyoga namoyish etishgan.

Jumladan, Muxammad Ali, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis, aka-uka Klichkolar va xokazo... Bugungi kunga kelib esa bu vaznda 3 nafar bokschi borki ular boshqalardan bir bosh ustunlik qilishmoqda. Aynan ularning orasidan eng kuchlisi kim ekanligi xozircha mavhum. Biri kutilmagan mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Biri zarbasiga haddan ziyod ishonib ko‘plab zarbalar o‘tkazib yubormoqda. Yana biri esa boksdan vaqt ajratib restling janglarida qatnashishga xam ulgurdi. Shunday bo‘lsada bu yigitlarni to‘xtatishga qodir bahodirlar bu vaznda xozircha ko‘rinmayapti.

Shunday ekan, uchchala bokschini xisob-kitobi barcha uchun qiziq. Ulardan ikkitasi 2020 yil boshida bizga dahshatli to‘qnashuvni ikkinchi qismini namoyish etishga va’da berishgan. Katta ehtimol bilan kelgusi yilning 22 fevral kuni ulardan biri bu kuchli uchlikni tark etadi. Voqealar rivoji o‘zgarib ketmasa 2020 yil oxirida bu vaznning eng cho‘qqisida bittasini ko‘rishimiz aniq. Bu cho‘qqida kim bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaysiz Joshua, Uaylder yoki Fyuri...?

photo_2019-12-23_16-49-27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!