Muxlislarning qilig‘i qimmatga tushdi

  • 23 noyabr, 2023, 14:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan PSJ - "Milan" uchrashuvi bo‘yicha hukm chiqardi. Uchrashuv parijliklarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, frantsuz grandi muxlislar tomonidan pirotexnika vositalaridan foydalangani, muxlislar maydonga chiqib ketgani va stadiondagi o‘tish joylarini to‘sib qo‘ygani uchun 98 ming evro miqdorida jarimaga tortildi. "Milan" o‘z navbatida muxlislarining xatti-harakati uchun 23 ming bilan jazolandi.

To‘rt tur natijasiga ko‘ra, PSJ olti ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Milan" esa 5 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!