Mxitaryan: A Seriya ko‘pchilik o‘ylaganchalik kuchsiz emas

  • 5 sentabr, 2020, 18:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Italiya chempionati hozir etarli darajada kuchli emas, degan fikrga qo‘shilmasligini aytdi.

Tecno

“Menimcha, Italiya futboliga etarlicha baho berilmagan. Boisi u odamlar aytgan va o‘ylagan darajada emas. Avval, ko‘pincha Italiya chempionati u qadar kuchli emasligi haqida eshitardim. Ammo hozir bular haqiqat emasligini tasdiqlay olaman. "Sassuolo"ga qarshi bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yindanoq, Italiya futboli ko‘pchilik aytganidan yaxshiroq ekanligini angladim. Men chindan ham o‘yinchilarning saviyasidan hayratlandim, hatto jadvalning pastki qismidagi jamoalarda ham ajoyib o‘yinchilar bor.

Barcha jamoalar to‘pga egalik qilishni, hujumga o‘tishni xohlaydi, ular nafaqat yaxshi himoyalanadi, balki raqib xatolarini ham kutadi. Bu narsalar meni hayron qoldirdi. Chunki, men A Seriya jamoalaridan bunday yuqori darajadagi o‘yin kutmagan edim”, - deydi armanistonlik futbolchi.

31 yoshli Mxitaryan o‘tgan mavsum A Seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!