Mxitaryan so‘nggi 3 oyda ilk bor "Roma" qaydnomasidan joy oldi

  • 27.11.2019 23:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Roma” klubi Evropa ligasi guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan “Istanbul”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi.

E’tiborlisi, “bo‘rilar” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan sentyabr oyidan buyon ilk bor qaydnomaga kiritildi.

Ma’lumot uchun, Mxitaryan joriy mavsum “Roma” safida A Seriyada 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!