
MYu bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy nomzod nomi ma’lum
Erik ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda "The Times" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, mankunianliklar yangi murabbiy jamoaga o‘ziga xos futbol falsafasini olib kirishiga umid qilmoqda. Ushbu faktor niderlandiyalik murabbiyga kurashda ustunlik berishi mumkin.
"Ayaks" ustozi "qizil iblislar" rahbariyatida juda yaxshi taassurot qoldirgan. Shuningdek, MYu bosh murabbiylik postiga Maurisio Pochettino (PSJ), Xulen Lopetegi ("Sevilya) hamda Luis Enrike (Ispaniya terma jamoasi) kabi variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Fikrlar