MYu darvozabonini Turkiyaga qo‘yib yuborishi mumkin
"Manchester Yunayted" darvozaboni Altay Bayindir faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega, deb xabar beradi Attacking Football.
Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli darvozabonni "Trabzonspor" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Turkiyada transfer oynasi yana bir hafta ochiq bo‘ladi, shuning uchun tomonlar bitimni rasmiylashtirishga ulgurishlari mumkin.
Turkiyalik futbolchining transfer narxi sakkiz million evroga baholanmoqda. Uning "qizil iblislar" bilan amaldagi 2027 yilning iyul oyigacha mo‘ljallangan.
Bayindir o‘tgan mavsumda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan. Turkiyalik golkiper 3 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar