
MYu etakchilarining bosh murabbiy masalasida qarori aniq
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqishi mumkin.
The Independent nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" futbolchilari taktik xatoliklar uchun muxlislar tomonidan tanqid qilinishlari adolatdan emas, deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, jamoa etakchilari Sulsherning iste’fosini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Futbolchilar yangi murabbiyning kelishi xuddi o‘tgan mavsumda "Chelsi"da bo‘lgani kabi jamoaning natijalarini yaxshilashga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan 9 turdan keyin «Manchester Yunayted» APL musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar