
MYu Evropa ligasi uchun bergan qaydnomasida o‘zgarishlar qildi
“Manchester Yunayted” klubi UEFA Evropa ligasi pley-off uchrashuvlaridan oldin musobaqa uchun bergan qaydnomasida ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirdi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, qaydnomaga “Atalanta”dan xarid qilingan 18 yoshli hujumchi Amad Diallo, himoyachi Fil Jons va yosh darvozabon Natan Bishop kiritilgan.
“Alaves”dan ijaraga olingan Fakundo Pelistri, “Vest Xem”ga ijaraga berib yuborilgan Jessi Lingard, jamoadan ketgan Odion Igalo va “Bayer”ga sotilgan Timoti Fosu-Mensa qaydnomadan o‘chirilgan.
“Manchester Yunayted” Evropa ligasining 1/16 final bosqichida “Real Sosedad”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar