MYu futbolchilari xursand

  • 12.09.2025 16:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" futbolchilari Andre Onananing "Trabzonspor"ga o‘tganidan xursand. 

29 yoshli darvozabon turk klubiga ijara asosida o‘tdi. 

"Manchester Evening News" xabariga ko‘ra, "Yunayted" futbolchilari agar Onana qolganida, klub juda ko‘p darvozabonlar bilan muammoga duch kelgan bo‘lardi, deb hisoblashadi. 

Manbalarga ko‘ra, kamerunlik Lammens kelganidan keyin ketishga majbur bo‘lgan. Agar u qolganida, asosiy darvozabon bo‘lish uchun 3 ta da’vogar bo‘lardi. 

Ma’lumot uchun, Altay Bayindir Premer-liganing dastlabki 3 ta o‘yinida asosiy darvozabon bo‘ldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!