MЮ futbolchisi yozda Germaniyaga yo‘l mumkin

  • 18.01.2026 14:20
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" futbolchisi Jeydon Sancho faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubi safida davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Migel Deley xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Sanchoning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi. Ammo MYu rahbariyati vinger bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti. Shu bois nemis klubi Jeydonni tekin qo‘lga kiritib olishni ko‘zlamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi ayni vaqtda ijarа asosida "Aston Villa" safida harakat qilib kelmoqda. U joriy mavsum birmingemliklar safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!