MYu himoyachisi "Norvich"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher himoyachi Garri Maguayr Angliya chempionati "Norvich"ga qarshi o‘yingacha tiklanib ulgurmasligini aytib o‘tdi.

Oldinroq himoyachi Angliya liga kubogi birinchi o‘yin "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborgan edi.

"U yana qancha vaqt bizga yordam bera olmasligi haqida aniq gap ayta olmayman. Jarohati jiddiy emas, biroq keyingi o‘yindacha tayyor bo‘ladi deb o‘ylamayman", - deydi Sulsher.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!