MYu hujumchisi bilan tezroq xayrlashmoqchi
Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho tez orada klubini o‘zgartirishi kutilmoqda.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim argentinalik futbolchiga umid qilmayapti, shu bois Garnacho yoz boshidan buyon o‘ziga yangi klub izlamoqda izlamoqda. Give Me Sport xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" iyul oyi oxirigacha xaridor topilishiga umid qilmoqda. Ayni paytda Garnachoga "Tottenxem", "Chelsi" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar rahbariyati 21 yoshli futbolchini kelajagi borasida tezroq bir qarorga kelishga chaqirmoqda.
Garnacho yakunlangan mavsumda MYu safida 58 ta o‘yinda 11 ta gol va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi 45 mln evroga teng.
Fikrlar