
MYu hujumchisi irqchilik uchun 3 o‘yinga chetlatilishi mumkin
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani bir necha o‘yinga chetlatilinishi mumkin. Bunga sabab 33 yoshli futbolchining APL 10-turidan o‘rin olgan "Sautgempton"ga qarshi o‘yindan keyingi xatti-harakati sabab bo‘lgan.
Gap shundaki, kechagi bahsdan keyin Kavani "Instagram"dagi shaxsiy sahifasida uni tabriklab qo‘yilgan "story"ga "rahmat, qora"(Gracias negrito),-deya javob qaytargan. Keyinchalik uni o‘chirib tashlagan.
Angliya Futbol Assotsiyatsiyasi allaqachon voqea tafsilotlarini o‘rganishni boshlagan. Ijtimoiy tarmoqlarda kamsituvchi video uchun jazoning eng minimal nuqtasi - 3 ta o‘yin. Kavanining so‘zlariga ko‘ra, "negrito" atamasi Janubiy Amerikada hamdardlik bildirish uchun ishlatiladi. Urugvaylik futbolchi ushbu faktni intizomiy sud jarayonida ko‘rsatmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yilda yana bir urugvaylik, keyinchalik "Liverpul"da o‘ynagan Luis Suares "Manchester Yunayted" himoyachisi Patris Evraga nisbatan "negr" so‘zini ishlatgani uchun sakkiz o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan va 40 ming funt jarimaga tortilgan edi.
Fikrlar