MЮ Kazemiroga o‘rinbosar topdi
"Manchester Yunayted" yozda jamoani tark etadigan yarim himoyachi Kazemironing o‘rniga o‘rinbosar topdi. Bu haqida "La Stampa" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" braziliyalik futbolchining o‘rniga "Atalanta" yarim himoyachisi Edersonni o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. MYu 26 yoshli futbolchi uchun Italiya klubiga 40 million yevro berishga tayyor.
Braziliyalik havbekning ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ederson joriy mavsum "Atalanta" safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar