MYu Madrid klubidan himoyachi sotib olmoqchi
"Atletiko" qanot himoyachisi Kiran Tripper kelayotgan transfer oynasi vaqtida "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin.
Mankunianliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher qanotda Aaron Van-Bissakaga raqobatchi bo‘lishi uchun 30 yoshli futbolchini Premer-ligaga qaytarmoqchi. Van-Bissaka joriy mavsumda 15 ta o‘yinda maydonga tushib ulgurdi va ikkita o‘yinda zaxirada qoldirildi.
Angliyalik futbolchi "Manchester Siti" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida u "Barnsli", "Byornli" va "Tottenxem" klublarida to‘p surgan. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi.
Tripper La Liga bahslarining joriy mavsumida 10 ta o‘yinda 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.



Fikrlar