
MYu ovora bo‘lmasin, ular baribir “Chelsi” yulduzini qo‘lga kirita olmaydi!
Angliyalik sobiq futbolchi Glen Jonson “Chelsi” hujumchisi Timo Verner unga qiziqish bildirayotgan “Manchester Yunayted”ga o‘tmasligini ta’kidladi. Uning fikricha, germaniyalik hujumkor futbolchining o‘zi manchesterliklarga ortiqchalik qilishini yaxshi biladi.
- Manchesterliklar Jeydon Sanchoni xarid qildi. Bu futbolchi o‘ynaydigan pozitsiyani kuchaytirishga ehtiyoj yo‘q edi. Hozir ularda Krishtianu Ronaldu, Meyson Grinvud va Edinson Kavani bor. Ular bu o‘yinchilarning hammasini bir paytning o‘zida maydonga tushira olmaydi.
Timo Verner rivojlanishi uchun unga har hafta etarli darajada o‘yin amaliyotini kafolatlaydigan jamoa kerak, lekin “Manchester Yunayted”da bunday bo‘lmaydi, - dedi Glen Jonson.
Ta’kidlash joizki, Bundesligada to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan Timo Verner katta umidlar bilan “Chelsi”ga olib kelingan edi. Biroq ketma-ket ikkinchi mavsumda ham germaniyalik hujumchi o‘zidan kutilgan natijalarni ko‘rsata olmayapti.
Fikrlar