MYu qishda "Chelsi"ga kerak bo‘lmagan futbolchini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 10.10.2024 17:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" rahbariyati qishki transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Transfer News Live nashrining xabar berishicha, “qizil iblislar”ning bu boradagi e’tibori “Chelsi” himoyachisi Ben Chiluellga qaratilgan.

Ta’kidlash kerakki, "aristokratlar" bosh murabbiyi Entso Mareska yozda Chiluellni jamoadan ketkazishga harakat qilgan. Biroq angliyalik himoyachi London klubida qoldi va murabbiy uni umumiy guruhga qaytarishga majbur bo‘ldi.

Ben joriy mavsum "Chelsi" safida Angliya Liga kubogi uchrashuvida maydonga tushdi. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari 27 yoshli Benni 22 million evroga baholamoqda.

"Manchester Yunayted" ayni damda APL turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!